“Bo‘ston” qachon nomiga munosib bo‘ladi?

A A A
“Bo‘ston” qachon nomiga munosib bo‘ladi?
Farg‘ona-Qo‘qon avtomobil yo‘lida joylashgan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” dasturi asosidagi ishlar sust bajarilmoqda.
 
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida “Obod qishloq” dasturi asosida “Xurramobod” va “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilishi belgilangan. Hozirga qadar manzilli chora-tadbirlarga muvofiq, mazkur hududlarda bir qator ishlar bajarildi.
 
Xususan, “Xurramobod” mahalla fuqarolar yig‘inida ichki yo‘llar ta’mirdan chiqarildi, ko‘chalar obodonlashtirilib, tobora chiroy ochmoqda, turli maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qad rostlamoqda. Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatilib, tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Albatta, bu kabi ezgu sa’y-harakatlar qishloq odamlari hayotini yanada farovon etish, turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
 
Afsuski, Farg‘ona-Qo‘qon avtomobil yo‘lida joylashgan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida mazkur yo‘nalishdagi ishlar sust bajarilmoqda. 

Sababi, dastur ijrosiga mutasaddi bo‘lgan rahbarlar bunga befarq munosabatda bo‘layotir. Hududdagi katta yo‘l bo‘yida joylashgan, talabga javob bermaydigan uy-joylar, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari buzilib, zamonaviy me’morchilik asosida qayta qurilishi belgilangan. Ammo mas’ul tijorat banklari tomonidan bu yerdagi tadbirkorlar va aholiga kredit ajratishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilmoqda. “Qishloq qurilish bank” va “Ipoteka bank” Farg‘ona filiallari xodimlari faoliyatiga aholida haqli e’tirozlar bo‘lmoqda. Chunki, tijorat banklari vakillari “quruq va’dalar” bilan yuribdi. 
 
– Mahallamiz obod bo‘lsa, sharoitlar yaxshilansa, bizga ham yaxshi-ku, – deydi shu yerda yashovchi Karimjon Omonov. – Biz asosan tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanamiz. Men faoliyatimni yanada rivojlantirish uchun banklardan 200 million so‘m kredit so‘rab, sarson bo‘lyapman. Ular tomonidan bildirilayotgan turli bahona-yu vajlar hammaning hafsalasini pir qilmoqda.

Namunaviy loyiha asosida uy-joylar qurish va ta’mirlash, loyiha-smetalarini ishlab chiqish borasida ham mutasaddi tashkilotlar qo‘l qovushtirib turganini qanday izohlash mumkin? Aksariyat xonadonlarning kadastr hujjati yo‘q. Ehtimol, mana shular ham banklarning kredit ajratishida to‘siq bo‘layotgandir...
 
Uch mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan mahalla fuqarolar yig‘inida aholi asosan hunarmandchilik va tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. E’tiborli jihati, Rishton azaldan hunarmandchiligi bilan ham mashhur. Shuning uchun tumanga ko‘plab xorijlik sayyohlar tashrif buyuradi. Albatta, bu hudud yanada obod bo‘lib, infratuzilmasi yaxshilansa, aholining ham farovonligi oshadi. Vaqt o‘tib bormoqda, amaliy ishdan esa darak yo‘q.

“Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Hazrati Xizr” ziyoratgohi joylashgan bo‘lib, bu yer doimo ziyoratchilar bilan gavjum. Lekin ziyoratchilar uchun hech qanday sharoit yo‘q, sanitariya talablariga javob bermaydi. Bu yerdagi savdo-sotiq bilan shug‘ullanayotganlarni ko‘rib, taajjubga tushishingiz aniq, “qo‘lbola” savdo rastalari, ariqqa tashlangan axlat uyumlari hech bir mutasaddini qiziqtirmaydi. 

– Dastur ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi har bir xonadonga kirib, tushuntirish ishlari olib bordik, – deydi tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, sektor rahbari Lazizjon Xoliqberdiyev. – Haqiqatan ham “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida bir qator muammolar yig‘ilib qolgan edi. Bu muammolarni amaliy hal etish uchun aniq chora-tadbirlar belgilab olingan. 28 tadbirkorlik sub’ekti tomonidan savdo majmualari tashkil etilmoqda, ichimlik suvi muammosi ham o‘z yechimini topmoqda.
 
Bugun bu yerdagi aholi “Obod qishloq” dasturidan ko‘p narsalarni kutmoqda. Faqat ularga zarur ko‘mak ko‘rsatish, og‘irini yengil qilish kerak, xolos. Bo‘ston o‘z nomi bilan bog‘-u bo‘stonga, obod maskanga aylanishi kerak.
 

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Жиноят ишлари бўйича Наманган вилояти Поп туман судида Одилхон қори Юнусхон ўғлига оид жиноят иши бўйича суд жараёни бошланди.

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda

Бу ҳақда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг расмий саҳифасида маълум қилинди.

Ronaldu Jorjina Rodrigesga murojaat qildi

"Ан-Наср" клуби ва Португалия миллий терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду қаллиғи Жоржина Родригесни 32 ёшга тўлгани билан табриклади.

Nikolay Valuyev: "Markaziy Osiyo davlatlariga hech qachon tahdid qilmaganman"

Валуевнинг сўзларига кўра, бу видео бошидан охиригача қайта ишланган ва интернетда нафрат қўзғатиш учун тарқатилган.

Xitoy qurolli kuchlari eng katta yo‘qotishlardan biriga duch keldi

Журналистларнинг таъкидлашича, “тозалаш” кўламининг кенгаяётгани Хитойда нафақат коррупцияга, балки сиёсий садоқатга тобора кўпроқ эътибор қаратилаётганидан далолат беради.

Mayk Xakkabi: "Isroilni yoqtirmasangiz, telefon ishlatmang!"

Унда Қуддусдаги Ҳадассаҳ Medical ёки Тел-Авивдаги Шеба Medical марказларига раҳмат айтинг.

Durdona Hakimovaning jasadi va bolalari O‘zbekistonga qaytarildi

Бу ҳақда Истанбулдаги консулхона хабар берди.

Qashqadaryoda suv tanqisligiga yechim sifatida sun’iy muzliklar barpo etildi

Шаҳрисабз туманининг Сарчашма маҳалласида янги инновацион технологиялар асосида сунъий музлик объектлари барпо этилди.

Qirg‘iziston Rossiyaga qarshi da’vo qo‘zg‘atdi

Қирғизистон меҳнат муҳожирлари учун полисларни расмийлаштиришдан бош тортгани учун Россияга қарши ЕОИИ судига даъво аризаси киритди, деб хабар берди Жогорку Кенешнинг меҳнат, соғлиқни сақлаш, аёллар ва ижтимоий масалалар қўмитаси йиғилишида.

Klopp Madrid klubini boshqaradigan bo‘lsa, "Real" yulduzini sotadi

"Ливерпуль"нинг собиқ бош мураббийи Юрген Клопп ёзда "Реал"га устозлик қилиши мумкин.

Ronaldu maydonda asr rekordini o‘rnatdi

Португалия терма жамоаси ва “Ан-Наср” клуби ҳужумчиси Криштиану Роналду яқинда профессионал фаолиятида 1300-учрашувини ўтказиб, умумий голлари сонини 956 тага етказиб олди.

Vanganing «bashoratlari»: Uchinchi jahon urushi 2026 yilda boshlanadi

Ер атмосферасига улкан космик кема кириб келиши ва инсоният тарихида янги давр бошланади

Saida Mirziyoyeva: Bu fojia nafaqat O‘zbekistonga, balki barcha postsovet mamlakatlariga xosdir"

Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.

Rossiya O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan majburan chiqarib yubordi (video)

Шу сабабли, ушбу давлатларнинг фуқаролари ўтказилган махсус рейд тадбирида қўлга олиниб, Россиядан депортация қилинди.

Hatto YTHdan keyin ham Adam Qodirov medal olib kelmoqda

Адам Қодиров йўл-транспорт ҳодисасидан кейинги ҳолатда ҳам медаль билан тақдирланди.

Ilon Mask Rossiya dronlariga Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasidan foydalanishini chekladi — The Insider

SpaceX раҳбари Илон Маск компания “Россия томонидан Starlink'нинг рухсатсиз қўлланилишини тўхтатиш” учун чоралар кўрганини маълум қилди.

"Epshteyn ishi" Slovakiya bosh vaziri maslahatchisining "boshiga yetdi"

Бу ҳақда Denik N портали хабар берди.

Si Jinpin Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritdi

Нашр маълумотларига кўра, Хитой етакчиси сўнгги уч йил ичида олти юқори мартабали генералдан бештасини лавозимидан четлаштирган.

Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Англия Премьер-лигасининг 24-тур учрашувлари давом эттирилди.

Tramp: "Eron AQSh bilan jiddiy muzokaralar olib bormoqda"

АҚШ президенти Дональд Трамп журналистларга шундай деди.

Isroil «Chegara bilmas shifokorlar» tashkilotining G‘azoda ishlashini taqiqladi

The Times of Israel маълумотига кўра, ташкилот ходимлари февраль ойи охиригача Ғазони тарк этиши керак.

Serbiya prezidenti: Eronga 48 soat ichida zarba berilishi mumkin

Сербия президенти Александр Вучич яқин 48 соат ичида Эронга зарба берилиши эҳтимолини истисно қилмади.

Kubada yoqilg‘i tanqisligi kuchaymoqda — The Guardian

Кубада жиддий ёқилғи танқислиги кузатилмоқда ва таъминот тўлиқ тўхтаса, орол инфратузилмаси учун ҳалокатли оқибатларга олиб келиши мумкин, деб ёзади The Guardian.

Pokiston Belujistonda 100 nafardan ortiq jangarini yo‘q qildi

Сўнгги икки кун ичида Покистон хавфсизлик кучлари Белужистон вилоятида ўтказилган контртеррористик амалиётлар давомида тақиқланган «Белужистон озодлик армияси» (BLA) билан боғлиқ 100 нафардан ортиқ жангарини йўқ қилди.

Toshkent shahridagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in bo‘lmoqda

Ҳозирда бинодан барча фуқаролар эвакуация қилинган ва ёнғин ўчириш ишлари олиб борилмоқда.

Ekologiya qo‘mitasi havo ifloslanishi yuzasidan bayonot berdi

Сўнгги кунларда (29–30-январ) мамлакатимизда ноқулай метеорологик шароитлар фонида ҳаво сифати ёмонлашди. Мутахассислар таҳлилига кўра, бунга шамолнинг йўқлиги (штил), паст шамол тезлиги ва ҳарорат инверсияси сабаб бўлмоқда.

Filippinda parom halokati: qurbonlar soni 30 nafardan oshdi

Филиппинда «Trisha Kerstin 3» номли Ro-Ro туридаги паром ҳалокати оқибатида ҳалок бўлганлар сони 31 нафарга етди. Қўшимча икки жасад топилгани маълум қилинди.

O‘zbekiston va Turkiya birinchi xonimlari “Anqara Palas” muzeyiga tashrif buyurdilar

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.

Buxoroda IIB xodimi o‘zini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qoldi

Қайд этилишича, жабрланувчини 4 нафар фарзанди ҳам бўлган.

Xitoyda Myanmadagi onlayn firibgarlik markazlari tarmog‘ini boshqargan Min oilasining 11 a’zosiga nisbatan o‘lim hukmi ijro etildi

Бу ҳақда Xinhua ахборот агентлиги хабар берди.

Isroil mudofaa armiyasi G‘azoda urush boshlanganidan beri taxminan 71 ming falastinlik halok bo‘lganini ilk bor tan oldi

Бу ҳақда Haaretz нашри хабар берди.

Jizzaxda "Tayson" laqabli shaxs boshqargan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Маълумотларга кўра, гуруҳ аъзолари фуқароларни ўлдириб кетиш билан қўрқитиб, маҳаллада қўрқув ва беқарорлик муҳитини юзага келтирган.

Samarqandda tanishini yollanma qotil orqali o‘ldirishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Тезкор-қидирув тадбирлари жараёнида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан сохта киллер ишга жалб қилинган. Фуқаро унга 2,2 минг АҚШ доллари тўлашни ваъда қилган.

Andijonda erkak o‘z xotinini maktabda pichoqlab o‘ldirdi

Ушбу пайт, эркакнинг акаси уни кўриб қолиб, шифохонага олиб боради ва кўрсатилган тиббий ёрдам натижасида унинг ҳаёти сақлаб қолинади.

CSIS: Urushda 325 ming rus, 140 ming ukrain harbiylari halok bo‘lgan

АҚШдаги нуфузли таҳлил маркази – CSIS (Center for Strategic and International Studies) Россия ва Украина ўртасидаги урушда ҳар икки томон кўрган йўқотишлар бўйича ҳисобот эълон қилди.

Trampning Eron bo‘yicha bayonoti ortidan neft narxlari oshdi

АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон ҳақидаги баёнотидан сўнг нефть нархлари ўсиш кўрсатди. Brent маркали нефть нархи 1 фоизга кўтарилди.

Hindistonda samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar orasida vazir o‘rinbosari ham bor

Мумбайдан учган Learjet 45 бизнес-жети Барамати аэропорти яқинида қўнишга уринаётганда ҳалокатга учради.

Andijonda narkolaboratoriya fosh etildi

Экспертиза хулосасига кўра, ушбу моддалар “Альфа ПВП” синтетик гиёҳвандлик воситаси ҳамда “Тропикамид” кучли таъсир қилувчи моддаси ҳисобланади.

O‘zbekistonda issiqxona tashkil etish uchun eng ma’qul hudud qaysi?

Иссиқхона фаолияти билан шуғулланадиган тадбиркорлар учун маҳсулотларни етарли ҳарорат билан таъминлаш муҳим ҳисобланади. Айниқса, қишнинг совуқ кунларида иссиқхонани иситиш кўп ҳаракат ва харажат талаб қилади. Бу борада тадбиркорлар учун энг самарали ечим — қулай ҳудуд танлашдир. Хусусан, Сурхондарё вилояти табиий иссиқ иқлими, қулай муҳит ва шарт-шароитлари билан айнан иссиқхонада маҳсулот етиштирувчилар учун жуда қулайдир.

1 200 nafardan ortiq fuqaroga soxta "prava" berilgan

Таҳлиллар шуни кўрсатдики, сохта гувоҳномаларни олган фуқароларнинг 455 нафари 1 305 марта йўл ҳаракати қоидаларини бузган, 9 нафари йўл транспорт ҳодисаси содир этгани оқибатда, 6 нафар фуқаро тан жароҳати олган ва 3 нафари вафот этган.