«Bundan odam sog‘ chiqmasa kerak». Angrendagi YTHdagi vagon ostida qolgan Damas videosi

«Bundan odam sog‘ chiqmasa kerak». Angrendagi YTHdagi vagon ostida qolgan Damas videosi

Angren shahridagi temiryo‘l kesishmasida 10 sentyabr kuni soat 4:00 atrofida yuz bergan YTH oqibatida salonida besh kishi bo‘lgan Damas’ni yuk poyezdining relsdan chiqib ketgan vagoni bosib qolgan edi.

Hodisa guvohlari YTHdan so‘ng ko‘p o‘tmay olingan videoni taqdim etdi. Unda Damas’ning majaqlanib ketganini ko‘rish mumkin. «Bu Damas’dan odam sog‘ chiqmasa kerak», deydi hodisa guvohlaridan biri.

Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hodisa oqibatida Damas’da bo‘lgan ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan, uch kishi esa kasalxonaga yotqizilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shifokorlar ularning hayoti uchun kurash olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!