2025 yil uchun ijara to‘lovlarining minimal stavkalari belgilandi
Ijaraning eng kam yangi miqdorlari 2025 yil uchun davlat byudjet to‘g‘risidagi qonun bilan belgilandi.
Mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan daromadlariga soliq solish maqsadida qo‘llaniladi.
Shu bilan birga, ular ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga tatbiq etiladi. Bundan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi tuzilgan shartnomalar mustasno.
Ijaraga beriladigan mol-mulk turlari va stavkalar
1. Binolar
Turarjoy (ijara stavkasi umumiy maydonning 1 kv. metri uchun):
Toshkent: 28 000 so‘m (+12%)
Nukus, viloyat markazlari: 13 500 so‘m (+12,5%)
Boshqa aholi punktlari: 5 500 so‘m (+10%)
Noturarjoy (ijara stavkasi umumiy maydonning 1 kv. metri uchun):
Toshkent: 45 000 so‘m (+12,5%)
Nukus, viloyat markazlari: 26 500 so‘m (+12,7%)
Boshqa aholi punktlari: 11 000 so‘m (+10%)
2. Avtomobil transporti uchun ijara stavkalari
Engil avtomobillar
(Yo‘lovchilar va bagaj tashishga mo‘ljallangan, haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8 tadan ko‘p bo‘lmagan avtotransport vositalari):
1 ta avtotransport vositasi uchun: 858 000 so‘m
Mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari
1 ta avtotransport vositasi uchun: 1 705 000 so‘m