Bugun Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlarining yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

Bugun Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlarining yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

Tadbirga tashkilotga a’zo Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston hamda kuzatuvchi davlat - Vengriya bojxona xizmati rahbarlari, Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati tashrif buyurgan. Shuningdek, Gruziya bojxona xizmati rahbari faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

Mehmonlar dastlab Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi, Bojxona rasmiylashtiruvi markazi hamda ushbu majmuadadan o‘rin olgan Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi, Markazlashtirilgan masofaviy elektron deklarasiyalash posti, “Call-markaz”, Targetlash va xavflarni monitoring qilish boshqarmasi faoliyati bilan tanishib, sohani raqamlashtirish yo‘nalishida erishilgan eng ilg‘or yutuqlarni e’tirof etishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!