Bugun poytaxtning 4 ta tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi

Bugun poytaxtning 4 ta tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi

Ta’mirlash ishlari sabab Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Bektemir tumanlarining ba’zi hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra:

◾️Yunusobod tumani Ahrorobod ko‘chasi hududidagi gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli bugun, 24 mart kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar «Katta Hasanboy» MFY Ahrorobod ko‘chasi, Ahrorobod 1-2-3 tor ko‘chalari va Katta Hasanboy 8-9-10 tor ko‘chalaridagi 500 ta uy xo‘jaliklarida hamda hududdagi 15 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

◾️Mirzo Ulug‘bek tumani Qora-su-1 dahasi, Zulayho ko‘chasi va Qora-su-6 dahasi, Avayxon ko‘chasida o‘rnatilgan gaz hisoblagichlarni yuqori bosimli gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli bugun, 24 mart kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Qora-su-1 va Qora-su-6 dahasida joylashgan 17 ta ko‘p qavatli uylardagi 1 484 ta aholi xonadonlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

◾️Yashnabod tumani, Lininchi ko‘chasi RDUK-200, Iltifot ko‘chasidagi RDUK-100 hamda Olmos ko‘chasidagi RDUK-100 yuqori bosmli GTRlarning chegara hududlariga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

Shu tufayli bugun, 24 mart kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar quyidagi iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shundan aholi iste’molchilari:

▪️«Go‘zal», «Olmos» MFYlarida gaz bosimi pasayadi 1 800 ta uy xo‘jaliklarida;

▪️«Olmos» MFY hududida joylashgan 2 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 200 ta aholi xonadonlarida;

Ulgurji iste’molchilar:

▪️Ohangaron shosse ko‘chasida AGNKS («Olmos» MFY hududida);

▪️Rohat avtoservis, Asiana Raging ten, Tegirmon nonvoyxona, Avtotexxizmat, Murabbi J, Dilshod Fud, Gumbaz stroy, Bitonomaks, MJBK, CHP ahmedova, Yurtqurilish servis, Dobri tandir, Abduvaliyev, Darlyuks, Betiz, Klassik Dekor, Baubax, Razzata, Everest Impeks Plyus, Musaffo Biznes, Saidburxon Omad, CHP Avazxon vodiy taomlari, Bahromxon, Savdobaraka;

◾️Bektemir tumanidagi ulgurji iste’molchilar:

▪️SP UzKEYSMASH, SP OOO TESHNO CONTINENTAL, MCHJ SERVIS SAIDA, MCHJ «GOLDGAZ SERVIS», MCHJ «BEKTEMIR METAN», MCHJ «TOSHKENT TEXNOLOGIK QURILISh», Toshkent shahar Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi, MCHJ «MEGA INDUSTRY GROUP», OOO «KOMANDOR STAR», OOO «SHERIF GROUP AVTO», O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi, MCHJ «MUSTAQIL», SP OOO «SP VID» iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Etkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!