Budapesht shahrida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida iqlim siyosati sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlar belgilandi

Budapesht shahrida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida iqlim siyosati sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlar belgilandi

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya energetika vazirligi davlat kotibining iqlim siyosati bo‘yicha o‘rinbosari Daniela Deli bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Vengriya tomoni O‘zbekistonning Orol dengizining qurishi, cho‘llanish va yerlarning degradasiyasi, harorat o‘zgarishi, tabiiy ofatlar ko‘payishi bilan bog‘liq oqibatlarini yumshatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Tomonlar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va istiqbollarini muhokama qildilar.

Issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish sohasida qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Daniela Deli Vengriya O‘zbekiston bilan iqlim siyosati doirasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyorligini ta’kidladi. U bunday hamkorlik iqlim o‘zgarishini kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha umumiy maqsadlarga erishishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi iqlim siyosati sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlar belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!