Bu yilgi test yopiq binolarda o‘tkaziladi

Bu yilgi test yopiq binolarda o‘tkaziladi

Bu yilgi test agar davlat komissiyasining yoki maxsus komissiyaning takliflari, cheklovlari bo‘lmasa, albatta yopiq binolarda o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi mas’ullariga tayanib O‘zA ma’lum qildi.

Bu yil ham abituriyentlar suv va ruchkalar bilan ta’minlanadi. Hisob-kitob talab etiladigan fanlar uchun savollarning oralig‘ida yozishga joy qoldiriladi.

Shuningdek, DTM mutasaddilari kimlar test sinovlari uchun to‘lov pulidan ozod qilinishini haqida ham ma’lumot berdi.

2022 yilda ta’lim muassasalarini tugatayotgan akademik lisey, kasb-hunar maktablarining bitiruvchilari ham to‘lovlarni amalga oshirmaydi.

Bundan tashqari oldingi yillar bitiruvchisi bo‘lsa ham ma’lum toifa bitiruvchilari test sinovlari uchun to‘lovdan ozod qilinadi. Ular nogironligi bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotidagi, ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari yoki “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar ham test sinovlari uchun to‘lovdan ozod qilinadi.

To‘lov bazaviy xisoblash miqdorining yarim baravari, ya’ni 150 ming so‘mni tashkil etadi.

Test javoblari qachon e’lon qilinadi?

"Test sinovlari taxminan 15 kun davom etadi. Sinovlar to‘liq yakunlanganidan so‘ng natijalar 1 hafta ichida e’lon qilinadi", — DTM Bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!