Bu yilgi haj mavsumida yaratilgan sharoitlarga Buyuk Britaniya parlament a’zolari yuqori baho berdi

Bu yilgi haj mavsumida yaratilgan sharoitlarga Buyuk Britaniya parlament a’zolari yuqori baho berdi

Britaniya parlament guruhi rahbari Saudiya Arabistoni hukumatini navbatdagi haj mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazishdagi sa’y-harakatlariga yuqori baho berdi. Bu haqda Arab news xabar bermoqda.

Saudiya Qirolligi bu yil taxminan 26000 nafar britaniyalik ziyoratchilarni qabul qildi, ularning aksariyati birinchi marta haj ibodatini amalga oshirdi.  Bundan tashqari, 100 mingdan oshiq ziyoratchilar Umra ziyoratini amalga oshirish uchun Buyuk Britaniyadan tashrif buyurishdi.

Haj va Umra masalalari bo‘yicha Umumpartiyaviy parlament guruhiga raislik qiluvchi deputat Yasmin Qureshi britaniyalik haj ziyoratchilaridan biri edi. «Men Saudiya Arabistoni hukumatiga logistika va Hajga tayyorgarlik ishlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.  Bu Buyuk Britaniyalik ziyoratchilarga Haj amalini katta qulaylik bilan bajarishlariga imkon berdi», dedi u.

Britaniyalik ziyoratchilar ham bu yil Haj ziyoratidagi sharoitlardan mamnun bo‘lishdi. Jumladan, Makka shahriga borish uchun atigi bir necha soat sarf etganlari haqida aytib o‘tishdi.

Buyuk Britaniya Bosh konsuli Saif Usher ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «O‘tgan oy Jidda ayeroportiga Buyuk Britaniyadan kelgan ziyoratchilarning birinchi guruhini qabul qilganimda yuragimda faxr tuyg‘usi jo‘sh urdi. Shuningdek, Haj paytida Buyuk Britaniyalik ziyoratchilar bilan uchrashish sharafiga muyassar bo‘ldim.  Ularning Islomdagi eng muhim diniy tadbirlarni bajarishga bo‘lgan sadoqatlari, ayniqsa, avgustning yuqori harorati paytidagi g‘ayrat-u shijoatlari menga ruh bag‘ishladi.”

«Biz Hajda ko‘rsatilayotgan xizmatlardagi yangilanish va o‘zgarishlarning guvohi bo‘lmoqdamiz. Britaniyalik ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish uchun Haj tashkilotchilari va Saudiya Arabistonining mahalliy agentliklari bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘ymoqdamiz.  Bizning fidokor Haj jamoasi, ushbu muqaddas safar davomida ziyoratchilar bilan birgalikda harakatlanib, zarurat bo‘lganda ularga yordam qo‘lini cho‘zishadi” deydi Britaniya Haj qo‘mitasi vakili Rashid Mogradia.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!