Bu yil kimlar paxta terimiga chiqarilmasligi ma’lum bo‘ldi

Bu yil kimlar paxta terimiga chiqarilmasligi ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirokida Mirishkor tumanida 2019 yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yig‘im-terimda ishtirok etadigan terimchilarning moddiy manfaatdorligini ta’minlash va paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarning moliyaviy holatini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish haqida gapirildi.

Mirishkor tumanida 185 ta terim otryadlari tuzilib, ularning har birisiga 100 dan ortiq terimchi jalb etildi.

Qayd etildiki, 18 yoshga to‘lmagan yoshlar, umumta’lim maktablari yoki boshqa ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari, tibbiyot xodimlarini paxta yig‘im-terimiga jalb etish qat’iyan taqiqlanadi. Shuningdek, aholini majburan paxta terimiga olib chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu hol kuzatilgan taqdirda tegishli jazo choralari qo‘llaniladi. Terimchilarni tushlik, ichimlik suvi bilan ta’minlash, paxta maydoniga olib borish va olib kelish fermer xo‘jaligi tomonidan amalga oshiriladi.

Otryad rahbarlarining har biriga qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!