Bu ketishda Marselo ham “Yuventus”ga o‘tadigan ko‘rinadi

Bu ketishda Marselo ham “Yuventus”ga o‘tadigan ko‘rinadi

Xabaringiz bor, “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan Ronaldu Turin klubidan “Real”dan Marseloni ham sotib olishni so‘ragandi. O‘z navbatida “Yuventus” braziliyalik himoyachini xarid qilish harakatiga tushgan.

Buni qarangki, bu ketishda Marselo ham “Yuventus”ga o‘tib ketadiganga o‘xshaydi. Boisi ispan nashrlarining yozishicha, “Real” ustozi Xulen Lopetegi jamoaning asosiy himoyachisi bo‘lmish Marseloni sotishga qarshi emas.

Manbada ta’kidlanishicha, agar “qirollik klubi” rahbariyati braziliyalik himoyachini sotishga qaror qilsa, Lopetegi bunga e’tiroz bildirmaydi. Aksincha, ispaniyalik mutaxassis Marselo bilan xayrlashishga tayyorlanyapti.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!