Britaniyalik jurnalist O‘zbekiston haqida maqola yozdi

Britaniyalik jurnalist O‘zbekiston haqida maqola yozdi

Buyuk Britaniyaning “Metro” gazetasi jurnalisti Richard Mellon O‘zbekistonga tashrifi taassurotlari xususida maqola chop etdi, deya xabar berdi UzDaily.

Jurnalist Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini tomosha qilar ekan, shunday yozadi:

“Ming yil avval bitilgan Qur’on kitobini ko‘rdim. Yo‘llarda avtomobillarning ko‘pligi va poytaxt metrosida harakatlanayotgan zamonaviy poyezdlar hayratimni oshirdi.

Buyuk Britaniya fuqarolari uchun joriy etilgan vizasiz tizim O‘zbekistonni jozibador sayyohlik yo‘nalishiga aylantirgan.

Samarqandning asosiy maydoni - Registon o‘zida ulug‘vorlikni kasb etgan. Qadimiylikni xush ko‘ruvchilar, tarixga qiziquvchilar, Buyuk Ipak yo‘li madaniyatini tadqiq etishni istaganlar uchun aynan kerakli mamlakat - bu O‘zbekiston. Ushbu mamlakatni albatta, ziyorat qilish kerak”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!