Britaniyada Putinga kutilmagan iltimos bilan murojaat qilishdi

Britaniyada Putinga kutilmagan iltimos bilan murojaat qilishdi

Qirollik armiyasining ahvoli moliyalashtirishning qisqarishi tufayli shunchalik og‘irki, Buyuk Britaniya endi hujumga qarshi turish uchun o‘n yil oldin ogohlantirilishi kerak. Bu haqda iste’fodagi general Richard Berrons Daily Mail nashriga ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“Sovuq urush davrida armiya istalgan vaqtda bir necha soat ichida jangga tayyor edi. Endi Putin bizni Rossiyaning kutilmagan hujumi haqida besh yoki o‘n yil oldin ogohlantirishi kerak. Bu unchalik yaxshi emas”, deydi sobiq harbiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya armiyasining ahvoli moliyalashtirishning qisqarishi tufayli shu qadar yomonlashganki, kutilmagan hujum sodir bo‘lgan taqdirda mamlakat o‘zini himoya qilishi ancha qiyin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!