Britaniyada 1 mln yevrodan qimmatroq turuvchi tilla unitaz o‘g‘irlab ketildi

Britaniyada 1 mln yevrodan qimmatroq turuvchi tilla unitaz o‘g‘irlab ketildi

Buyuk Britaniyadagi Blenxeym saroyidan italiyalik zamonaviy rassom Maurisio Kattelanning mehnat mahsuli — 750 probali tilladan yasalgan, narxi bir million yevrodan qimmatroq turuvchi unitaz o‘g‘irlab ketildi, deb xabar beradi Meduza.

Unitaz o‘g‘irlangach, kanalizasiya yorilib ketgan, buning oqibatida esa saroydagi interer zarar ko‘rgan.

Polisiyaning taxmin qilishicha, o‘g‘irlikni bir necha kishi sodir etgan hamda jarayonda kamida ikki avtomobildan foydalanilgan.

Hozirda o‘g‘irlikka aloqadorlikda gumonlanib, 66 yoshli erkak hibsga olingan.

Tilla unitaz birinchi marta 2016 yilda Nyu-Yorkdagi Solomon Guggenxaym muzeyida namoyish etilgan.

O‘shanda Kattelan besh yillik tanaffusdan so‘ng boshlagan ishiga qaytgan edi.

Kattelanning ushbu san’at asariga «Amerika» deb nom berilgan edi. U ishlaydigan unitaz edi.

Unitazdan istalgan kishi foydalanishi mumkin bo‘lgan. U o‘g‘irlanganidan so‘ng saroy xodimlari «yuz bergan holatdan afsusda ekanliklari, biroq hech kim jabrlanmaganidan xursand ekanliklarini» bildirgan.

Ular shuningdek «bu ahmoqona harakatlar tufayli Maurisio Kattelanning ajoyib san’at asariga zarar yetmasligi»ga umid qilishini ham aytib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!