Braziliyaning OPEK+ ittifoqiga qo‘shilish muddati aniq bo‘ldi

Braziliyaning OPEK+ ittifoqiga qo‘shilish muddati aniq bo‘ldi

Braziliya 2024 yilning yanvaridan boshlab OPEK+ ittifoqiga qo‘shiladi.

Bu haqda Reuters manbasiga tayanib xabar berdi.

Ayni paytda OPEK+ tarkibiga 23 davlat, jumladan, dunyodagi eng yirik neft qazib oluvchilar – Rossiya va Saudiya Arabistoni kiradi. OPEK mamlakatlari va karteldan tashqaridagi 11 davlat o‘rtasida neft qazib olishni cheklash to‘g‘risidagi bitim besh yil avval – 2016-yilning 10-dekabrida energiya resurslarining jahon narxlari pasayishi fonida imzolangan edi. Bu ittifoq OPEK+ deb nomlandi.

Braziliya juda yirik neft ishlab chiqaruvchisi. Braziliya regulyatorining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda neft qazib olish kuniga 3 million barreldan oshadi.

Iyul oyida OPEK bosh kotibi Xaysam al-Gays tashkilotni kengaytirish ustida ish olib borayotganini aytgan edi. Uning aytishicha, u Malayziya, Bruney va Meksikaga tashrif buyurgan, ammo aniqlik kiritishicha, hozircha bu mamlakatlarni OPEKga taklif qilish haqida gap bo‘lmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!