Braziliyalik hujumchi Ronalduni “Real” futbolchisidan qo‘rqqani uchun jamoani tark etganlikda aybladi

Braziliyalik hujumchi Ronalduni “Real” futbolchisidan qo‘rqqani uchun jamoani tark etganlikda aybladi

Braziliyalik hujumchi, “Flamengo” jamoasi a’zosi Everton Ribero “Real”ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduni qo‘rqoqlikda aybladi.

Xabaringiz bor, portugaliyalik hujumchi kutilmaganda “qirollik klubi”ni tark etgan va “Yuventus” safiga borib qo‘shilgandi. Riberoning fikricha, Krishtianu zaxiraga mixlanib qolishdan qo‘rqqan.

“Vinisius Junior iqtidorli yosh futbolchi. U “Real”da asosiy tarkibda o‘ynashi aniq. Ronaldu esa buni bilardi. Shuning uchun u Vinisius bilan raqobatlashishdan qo‘rqdi va zaxirada o‘tirishni istamagani uchun “Real”dan ketdi”, dedi Ribero.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!