Braziliya armiyasi shay holatga keltirildi

Braziliya armiyasi shay holatga keltirildi

Braziliya armiyasi Venesuelaning Gayanaga bostirib kirishi mumkinligi haqidagi razvedka ma’lumotlarini olgach, shay holatga keltirildi.

Braziliya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu bosqinchilik Braziliya hududidan qo‘shinlarning o‘tishini talab qiladi. Ehtiyotkorlik maqsadida Braziliya qo‘mondonligi chegaraga qo‘shinlarni favqulodda safarbar etishni boshladi.

5-armiya diviziyasining 16 ga yaqin ko‘p maqsadli zirhli texnikasi yuqori shay holatda va Rorayma shtati poytaxti Boa Vistaga joylashtirilishi kerak. Ko‘p vazifali zirhli texnika va piyoda askarlardan tashqari, armiya “Leopard” tanklarini ham joylashtirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!