Boshlangan hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
21 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 22-23 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 21 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 22-23 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 21 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduz 18-23° iliq, 22 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduz 10-15° iliq, 23 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 21-22 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 23 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 21 noyabrda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 22-27° iliq, 22 noyabrda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 23 noyabrda kechasi
5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 21 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° iliq, 22 noyabrda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 23 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduz 13-18° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22 noyabrda ayrim joylarda 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat 21 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 23-28° iliq, 22 noyabrda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 23 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduz 15-20° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 21-22 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 22 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 23 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduz 12-17° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 noyabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq,
22 noyabrda kechasi va kunduzi 7-12° iliq, 23 noyabrda kechasi va kunduz 3-8° iliq bo‘ladi.