Indoneziya ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun minimal yoshni belgilamoqchi
Indoneziya ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun minimal yoshni belgilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuter” nashri xabar berdi.
Mamlakat aloqa vaziri Meutya Xafidning qayd etishicha, ushbu qadam bolalarni himoya qilishga qaratilgan. Vazir Indoneziyada minimal yosh chegarasi qanday bo‘lishi haqida ma’lumot bermadi.
Rejalarning 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarori, shuningdek Instagram va Facebook egasi Meta kabi texnologiya gigantlariga nisbatan jarimalar qo‘llanishi ortidan paydo bo‘ldi.
Agar bu kompaniyalar bolalarning o‘z platformalariga kirishiga tsqinlik qila olmasalar, “TikTok” uchun ham yangi cheklovlar joriy etilishi mumkin.
“Biz raqamli maydonda bolalarni qanday himoya qilish haqida muhokama yuritdik. Prezident bu rejani davom ettirishni ma’qulladi. U bizning raqamli maydonda bolalarni bunday tarzda himoya qilish qanday amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlamoqda”, — dedi Meutya Xafid.
Indoneziya internet-provayderlari uyushmasi tomonidan 8700 kishi orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholisi 280 mlnga yaqin bo‘lgan Indoneziyada internetdan foydalanish darajasi o‘tgan yili 79,5%ga yetgan.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 48%i internetdan foydalanish imkoniyatiga ega, bu yosh guruhidagi ayrim respondentlar esa “Facebook”, “Instagram” va “TikTok” ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanmoqda.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, “Z avlodi” vakillari yoki 12 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan shaxslar orasida internet tarqalishi 87%ni tashkil etmoqda.