Bosh vazir: Koronavirus sabab bozorlarda narxlarning oshishiga yo‘l qo‘yilmaydi!

Bosh vazir: Koronavirus sabab bozorlarda narxlarning oshishiga yo‘l qo‘yilmaydi!

Bu haqda 15 mart, soat 13:00 da Vazirlar Maxkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan brifingda aytib o‘tildi.

Unda hukumat karantin vaqtida narx-navoning asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar ko‘rilishi bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Ta’kidlanishicha, bunga Bosh prokuratura huzuridagi departament ham Davlat soliq qo‘mitasi jalb qilinadi.

Aholi orasida vahima ko‘tarmaslik va hamma o‘zini bozorlarga urmaslik uchun oziq-ovqat va boshqa zaxiralar yetarli darajada g‘amlangani ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!