Bosh vazir Kisida: Yaponiya NATOga kirishni rejalashtirgani yo‘q

Bosh vazir Kisida: Yaponiya NATOga kirishni rejalashtirgani yo‘q

Yaponiyaning NATOga kirish rejasi yo‘q, dedi Bosh vazir Fumio Kisida.

“Yaponiya NATOga na doimiy, na assosiasiyalangan a’zo sifatida qo‘shilish niyatida emas”, — deya Kisidaning parlament yuqori palatasining yalpi majlisida so‘zlaridan iqtibos keltirgan TASS.

Uning qayd etishicha, hozircha alyansning mamlakatda vakolatxonasi ochilishi bo‘yicha qarorlar qabul qilinmagan.

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, Yaponiya ittifoq a’zolari bilan hamkorlikni mustahkamlashda davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!