Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarga murojaat bilan chiqdi

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarga murojaat bilan chiqdi

Hurmatli tadbirkorlar! 

Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoniga ko‘ra, N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari, shuningdek, mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.

Agar, Siz bu toifadagi transport vositalarida yuklarni tashish yoki yo‘l - patrul xizmati stasionar postlaridan o‘tishda turli ko‘rinishdagi to‘sqinlik yoki cheklovlarga duch kelsangiz:

Zudlik bilan, “71. 268-00-36” telefon raqami orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining  Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan tezkor shtabga murojaat qiling.

Shu bilan birga, ushbu masalada Ichki ishlar vazirligining “1102”, Bosh prokuraturaning “1007” yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi va Savdo-sanoat palatasining “1100” qisqa raqamli “ishonch telefon”lariga ham murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi qo‘shma bayonotda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!