Boladagi qobiliyatni nimalar yo‘q qiladi?

Boladagi qobiliyatni nimalar yo‘q qiladi?

1. Yuzga urish miyadagi 300-400 hujayrani o‘ldiradi. Boshni silash esa miyada yangi hujayralar paydo qiladi.

2. Elektron o‘yinlar ijtimoiy aqlni, lug‘aviy ziyraklikni barbod qiladi. Haddan ortiq e’tibor qaratilganidan miyaga qon quyilishiga, miya hujayralarining barvaqt halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yoshi ulg‘ayganda unga mahorat, tajriba yetishmaydi.

3. Onani uning o‘g‘li oldida haqorat qilish bolani qo‘rqoq, tortinchoq qilib qo‘yadi, sog‘lom fikrlashdan to‘xtatadi. Chunki so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, bola qobiliyatni onasidan oladi.

4. Bolaning fikrlari ustidan kulish, u taqdim qilgan ishlarni taqdirlamaslik natijasida undagi motivasiya pasayib ketadi.

5. Bolaning yoshligidan u bilan suhbat qurish eshigining yopiqligi noto‘g‘ridir. Buning natijasida undagi so‘z boyligi va ijtimoiy zehn yo‘qolib boradi. Bolaning gapiga ahamiyat bermaslik, uni jim turishga buyurish, ba’zi hollarda uni qattiq inkor qilish yaxshilikka olib kelmaydi.

6. Ta’lim berish davomida suv ichishni kamaytirish kerakmi? Yo‘q! Miyaning 85 foizi suvdan iborat. Har 45 daqiqada 1 stakan (kichik shisha idishda) suv ichish zarur. Agar suv ichmasa, tana g‘ayriixtiyoriy harakatlar (yo‘tal, aksa urish, stulni qimirlatish, stolni surish kabi harakatlar) qila boshlaydi. O‘qituvchiga boladagi noqulaylik zohir bo‘ladi.

7. Nonushta qilmaslik ham yaxshi emas. Aniqlanishicha, nonushta qilmaydigan kishilarda qondagi shakar miqdori pasayib ketadi. Bu esa miya hujayralariga yetarlicha ozuqa yetib bormasligini keltirib chiqaradi va hujayralarning parchalanishiga sabab bo‘ladi. Fast-fudlardan ehtiyot bo‘lish lozim.

8. O‘quvchining qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olmay o‘qitish samarali natijaga olib kelmaydi.

9. Bolalarga bolalarcha tabiat bilan yashashga imkon bermaslik va ularni darsga ko‘mib yuborish mumkin emas. Bolalarda devorga yozish – bu ularning yoshlik chog‘larida erkin yozishga imkon bermaslik natijasidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!