Bola nega barmog‘ini so‘radi, tirnog‘ini tishlaydi?

A A A
Bola nega barmog‘ini so‘radi, tirnog‘ini tishlaydi?

Bolalarning yomon odatlari deb ularning beixtiyor takrorlaydigan harakatlariga aytiladi. Patologik yomon odatlarga quyidagilar kiradi:

  • Barmoq so‘rish
  • Tirnoq tishlash
  • Kindik kovlash
  • Soch yulish yoki o‘ynash
  • Boshni yostiqqa urish
  • Jinsiy a’zoni ushlash yoki o‘ynash (bu bola uxlaganda to‘shakni ho‘llab qo‘yishiga ham olib kelishi mumkin)

Bu odatlarning bolalar rivojlanishiga qanday ta’siri bor?

Albatta, yomon odatlar estetik jihatdan bolaning husniga ko‘rk qo‘shmaydi va ko‘pincha yomon odati bor bolalar rivojlanish jihatidan boshqalardan orqada qoladi. Undan tashqari yomon odatlari tufayli bolalar bog‘cha yoki maktabda tengdoshlari va tarbiyachilari tarafidan malomatga qolishlari mumkin, bu esa ularni o‘ziga ishonchi va tengdoshlari o‘rtasidagi obro‘iga putur yetkazadi.

Odatlarning kelib chiqish sabablari nima?

Bunday odatlar kelib chiqishining eng asosiy sabablaridan biri bu psixologik muammolardir. Psixologik muammoning sabablari bola yoshligida sodir bo‘lgan voqealar yoki ota-onaning e’tibori yetishmasligi, tarbiyada qo‘rqitish yoki kaltaklashning ko‘p ishlatilganligi bo‘lishi ham mumkin. Bola barmog‘ini so‘rishi yoki jinsiy a’zosini ushlashi bilan o‘zini tinchlantirishga harakat qilishi, tirnog‘ini tishlashi, sochini yulishi bilan o‘zini jazolashga harakat qilayotgan bo‘lishi mumkin.

Qanday qilib yomon odatlarning oldini olish mumkin?

– Farzandingizni uzoq ko‘krak suti bilan boqishingiz nafaqat uning immuniteti uchun, balki uning xotirjamligi uchun ham juda foydali;

– So‘rgich yoki ko‘krak suti bilan boqishni to‘xtatayotgan vaqtingizda e’tiborli bo‘ling, toki bolada buning o‘rniga barmoq so‘rish kabi yomon odatlar qolmasin;

– Bola gigiyenasiga e’tibor bering, chunki jinsiy a’zolarning qichishi yomon odatni keltirib chiqarishi mumkin;

– Ortiqcha qattiqqo‘llik va jahldorlik qilmang, farzandingiz o‘ziga va sizga ishonchini yo‘qotadi;

– Farzandingiz kichikligidan unga e’tibor berib, har bir o‘zgarishni o‘zingiz uchun nazorat qilib boring.

Yomon odatlardan qutilish — ota-onadan sabr talab qiladi, chunki bu masalada shoshilish bolani qo‘rqitish hamda muammoni chuqurlashishiga olib kelishi mumkin.

Muammolarning sabablarini topish ularni oson yechilishiga yordam beradi.

Tirnoqni tishlash — psixologlarning fikriga ko‘ra, bolaning o‘ziga ishonchi pastligi belgilaridan biri. Ushbu yomon odatning bola hayotida saqlanib qolishi tirnoq orqali mikroblar bilan birgalikda turli muammolarni keltirib chiqaradi. Bu sabab bola organizmiga gijjalar kirishi mumkin. Tirnoq tishlashi sababli do‘stlari orasida kalaka bo‘lishi, nutq va tish muammolariga sabab bo‘lishi mumkin. Bu muammoni davolash uchun stressga sabab bo‘layotgan bog‘chada yoki uydagi muammoni aniqlab, uni bartaraf eting, farzandingizga ko‘proq e’tibor ko‘rsating. Bundan tashqari plastilindan narsalar yasash va applikasiya chizish bilan farzandingizni band qilishga harakat qiling.

Bolalarning barmog‘ini so‘rish odatini yo‘qotish uchun ham maslahatlar yuqoridagi bilan deyarli bir xil. Faqat barmoq so‘rayotgan kichkintoyingizni tinchlantirishni yotishdan bir-ikki soat avval boshlang. Uyqudan avval faol va ko‘p harakat qiladigan o‘yinlar o‘ynatmang, imkoni bo‘lsa cho‘miltiring, quchoqlab yoting. Bunday muammoga uchragan bolani — qattiq gapirish, barmoqlariga achchiq narsa surish bilan muammoni yechaman deb o‘ylamang, bu faqat muammoni chuqurlashtiradi.

Burnini kovlashni odat qilgan bolaga ham baqirib, urishish to‘g‘ri kelmaydi. Lekin bolani o‘z holiga tashlab qo‘yish ham noto‘g‘ri. Muammoni bartaraf etish uchun farzandingizning qo‘lini band qilishga harakat qiling (burnini kovlashni boshlaganida qo‘liga to‘p yoki boshqa o‘yinchoq tutqazing). Bolaga kichikligidan burun qoqishni o‘rgatish ham burun kovlashga sabab qoldirmaydi.

- Bizning madaniyatda bunday muammolarga e’tibor berilmaydi, ba’zilari haqida esa gaplashish uyat hisoblanadi. Agar boladagi stress sababini aniqlay olmasangiz, albatta mutaxassisga murojaat qiling.

Kichik bolaning jinsiy a’zosini ushlashi yoki o‘ynashi uning jinsiy rivojlanishiga hech qanday aloqasi yo‘qligini unutmasligimiz kerak. Chunki jinsiy a’zo, bola uchun, boshqa a’zolari masalan burun yoki quloq bilan bir xil. Shunchaki buni kichik yoshdagi bolaning o‘z tanasini o‘rganishi deb atashimiz mumkin. Bolalar buni tinchlanish uchun qilishadi va bu hol ko‘pincha uxlashdan avval sodir bo‘ladi. Muammoni bartaraf etish uchun esa uxlashdan avvalgi sayrlar yordam beradi. Farzandingiz uyquga ketguniga qadar oldida kitob o‘qib berishingiz ham asta-sekin bu odatning unutilishiga yordam beradi. Farzandingiz gigiyenasiga e’tibor berish bilan bir qatorda uxlash kiyimi qulay bo‘lishi, tor yoki sintetik matodan bo‘lmasligiga e’tibor bering. Farzandingiz uxlayotganida esa qo‘llarini ko‘rpadan tepaga chiqarib yotishini odat qildiring.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, yomon odatlar kelib chiqishining asosiy sababi bolaga mehr va e’tibor yetishmasligi ekan. Shuning uchun farzandlarimiz bilan ko‘p gaplashib, ularni ko‘p bag‘rimizga bosishimiz juda ko‘p muammolarni oldini olishga yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Munisa Rizayeva to‘y xizmatlari narxini oshkor qildi: Poytaxt va viloyatlar o‘rtasidagi farq qancha?

Таниқли хонанда Муниса Ризаева "ИнтервюТв" лойиҳасига берган интервьюсида тўй хизматлари учун белгиланган нархларни ошкор қилди.

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar sotuvi rekord darajaga chiqdi

Эълон қилинган расмий маълумотларга кўра, Ўзбекистон — Колумбия ўйини учун ҳозирги соатгача роппа-роса 74 725 та чипта сотиб бўлинган.

So‘nggi 140 yildagi eng kuchli El-Nino hodisasi yaqinlashmoqda. Bu butun dunyodagi ob-havoga ta’sir qilishi mumkin

Маълумот учун, Эл-Нино — ҳар икки йилдан етти йилгача бўлган даврда такрорланиб турадиган иқлим ҳодисасидир.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

KXDR AQShning yadroviy quroldan voz kechish chaqirig‘iga javob berdi

Бу ҳақда Шимолий Корея Ташқи ишлар вазирлиги эълон қилди.

Qatar Eronga 12 milliard dollar taklif qildi

Қатар Эроннинг музлатилган активлари атрофидаги баҳсни ҳал этиш бўйича музокаралар доирасида Теҳронга 12 миллиард долларлик молиявий кўмак пакетини таклиф қилди.

Qatar davlat investisiya jamg‘armasi Shveysariyaga gol urgan futbolchiga juda katta mukofot to‘laydi

Қатар давлат инвестиция жамғармаси Ҳуҳига ЖЧдаги голи учун 3 миллион доллар ва ярим миллиондан қимматроқ Rolls-Royce Phantom совға қилади

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Ikki vertolyot to‘qnashuvi natijasida mashhur qo‘shiqchi va bloger vafot etdi

Бу ҳақда CNN Brasil телеканали хабар берди.

Tramp Eronga jiddiy yon bosdi

Бундай фикрни Жо Байден маъмурияти давридаги Давлат департаментининг собиқ матбуот котиби Метю Миллер билдирди.

Saida Mirziyoyeva: “Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim”

“Бу курашда четда томошабин бўлиб туришга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ”, деб ёзади Президент Администрацияси раҳбари.

"Putin o‘z ismini tarixdagi eng dahshatli vahshiylar ro‘yxatiga abadiy yozib qo‘ydi"

Украина ТИВ раҳбари Россиянинг Киево-Печерск лаврасига берган зарбасини ваҳшийлик деб атади

JCH-2026: 15 iyun kungi o‘yinlar jadvali

АҚШ, Канада ва Мексика давлатлари 2026 йилги Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилмоқда.

Buyuk Britaniya bosh vaziriga tegishli mulklarga o‘t qo‘yishda ikki nafar Ukrainada tug‘ilgan erkak aybdor deb topildi

Лондондаги Олд Бейли суди ҳайъати Буюк Британия бош вазири Кейр Стармер билан боғлиқ уйлар ва автомашинага ўт қўйиш бўйича ишда икки нафар айбланувчини айбдор деб топди.

Barcha Jahon urushlarini Yevropa boshlagan — Lavrov

Россия ташқи ишлар вазирининг бошқа баёнотлари:

Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Ушбу мансабдор шахс 2011 йилда ҳам фирибгарлик, ҳокимият ёки мансаб ваколатини суиистеъмол қилиш, мансаб сохтакорлиги ва пора олиш каби жиноятлар билан судлангани маълум бўлди.

Samarqandda uch yoshli bola bog‘chadagi suv havzasiga tushib ketib, vafot etdi

“Ҳозирда мазкур ҳолат бўйича туман прокуратураси томонидан терговга қадар суруштирув ишлари олиб борилмоқда”, дейилади хабарда.

AQShning Kanzas-Siti yaqinida parashyutchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Қутқарув хизматлари самолётдан сакраб қолишга улгурган парашютчиларни топиш умидида ҳалокат жойи атрофини кўздан кечирди, бироқ омон қолганларни топа олмади

Rossiya Ukrainadagi urushga davlat byudjetining yarmini sarflay boshladi – nemis iqtisodchisi taxlili

Берлиндаги Фан ва сиёсат жамғармаси (SWP) эксперти Янис Клюге 2026 йилнинг январ-март ойлари якунлари бўйича шундай баҳо берди. Унинг маълумотларига кўра, ушбу даврда Россиянинг ҳарбий харажатлари янги максимал даражага — 5,9 триллион рублга етган.

Isroil: Eron masalasida AQShdan mustaqil harakat qilamiz

Исроил мудофаа вазири мамлакат Эрон билан боғлиқ хавфсизлик масалаларида АҚШдан мустақил қарор қабул қилишда давом этишини билдирди.

Qashqadaryoda o‘zini prokuror deb tanishtirgan firibgar ushlandi

Қашқадарё вилоятида бир шахс ўзини прокурор сифатида таништириб, фуқародан пул талаб қилган.

AQSh va Janubiy Koreyaga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Терговга қадар текширув давомида, у муқаддам 1999 й.т. бошқа бир фуқарони ҳам Жанубий Кореяга ишга юборишни ваъда қилиб, пул олганлиги маълум бўлди.

Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi yaqinidan jasad topildi

Марҳумнинг шахси ҳозирча сир сақланмоқда.

Yakkasaroydagi ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга асосан қутқарув бўлинмалари соат 10:23 да воқеа жойига етиб борган ва ҳозирда ёнғинни ўчириш ишларини амалга оширмоқда.

Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik takomillashtirildi

Қонун (ЎРҚ–1151-сон, 11.06.2026 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News хабар беришича, АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили Кит Келлог Исроилда ядровий қурол мавжудлиги ҳақида жамоатчиликда янги муҳокамаларга сабаб бўладиган баёнот берган.

Turkiyaning vaqt sekinlashadigan qishloqlari haqida bilasizmi?

Сўнгги йилларда секин саёҳат (clow travel) замонавий туризмнинг муҳим йўналишларидан бирига айланди. Сайёҳлар тобора сокин, мазмунли ва мақсадли саёҳатни афзал кўрмоқда.

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида дарёга чўмилиш учун тушган беш нафар йигитдан уч нафари кучли оқим қурбони бўлди.

Tailand sudi ikki erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi

Ҳужум оқибатида 20 киши ҳалок бўлган, 120 дан ортиқ инсон жароҳатланган эди.

Professor Hasan Hasanovning “Vengerlar va ozarbayjonlarning umumiy etnik ildizlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026 йил 10 июнь куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси бош қароргоҳида ташкилотнинг “Туркий дунё дипломатияси дурдоналари” китоблар туркуми доирасида нашр этилган янги асар — таниқли жамоат, давлат ва сиёсат арбоби, Туркий Давлатлар Ташкилоти Оқсоқоллар Кенгаши аъзоси, тарих фанлари доктори, профессор Ҳасан Ҳасановнинг “Венгерлар ва озарбайжонларнинг умумий этник илдизлари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.