Zarnews. uz sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda "Bog‘cha qozoniga solinishi kerak bo‘lgan 12 kilo go‘sht «cho‘michga chiqmadi» sarlavhali videolavha yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bolalarning haqqiga hiyonatni kechirib bo‘lmas holat deb hisoblaydi. Shu bois bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida boshqarma hodimlaridan iborat ishchi guruhi ham joylarda muntazam o‘rganishlar olib boradi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tartibda choralar qo‘llab kelinmoqda.
Joriy yilning 22-sentyabr kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi Qo‘shrabot tumanidagi 5-DMMTda o‘rganishlar olib borish jarayonida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi viloyat boshqarmasi ishchi guruhi ham bog‘chadagi holatni o‘rganish uchun 5-DMMT ga kirib kelgan.
Ma’lumotga ko‘ra,o‘sha kuni bog‘chaga 110 nafar tarbiyalanuvchi kelgan. Ularga SanPin normalariga ko‘ra, 80 grammdan go‘sht berilishi , 10 grammdan sir berilishi belgilanganligi nazarda tutilsa, shu kuni qozonga 110 nafar bolaga 12 kg emas 8 kg 800 gramm go‘sht solinishi lozim bo‘lgan. Shuningdek, har bir bolaga 10 garmmdan jami 1 kg 100 gramm sir berilishi lozim bo‘ladi. MTT ning 22 -sentyabr kungi taomnomasida sir berilishi ko‘rsatilmagan.
22-sentyabr kuni MTT da birinchi taomga mastava. ikkinchisiga chuchvara tayyorlagani aytilgan.
Boshqarma ishchi guruhi tomonidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutasaddilarga choralar ko‘rish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.
Shu o‘rinda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi viloyat boshqarmasi ishchi guruhiga bog‘chalarda bolalar haqqiga qilinayotgan hiyonatni aniqlashdagi ko‘magi uchun Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi minnatdorchilik bildiradi. Biroq SEO va JSQ viloyat mutasaddilarining o‘zlari qozonga muralayotganda sanitariya-gegiyena qoidalariga rioya etib, maxsus kiyim boshlarda oshxonaga kirsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Bloomberg манбаларга кўра, АҚШ президенти Доналд Трампнинг иттифоқчилари АҚШ–Эрон урушидан шахсий ғазабда ва Яқин Шарқдаги можароннинг кучайишидан тобора кўпроқ хавотирда.
Дональд Трамп Reuters агентлигига кўра, Украина Эроннинг ракеталар ва дрон ҳужумларини қайтаришда АҚШга ҳеч қандай ёрдам кўрсатмаяпти, деб маълум қилди.
Айрим ҳолатларда банкомат техник носозлик ёки бошқа сабаблар туфайли банк картасини қайтариб бермаслиги мумкин. Бундай вазиятда қоидани билмаган айрим банк ходимлари мижозларга “карта 3 иш кунида берилади” деган жавоб айтилади. Лекин амалдаги қонунчиликда бу масала аниқ тартиб билан белгиланган.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.