BMW avtomobili egasi uni 2 yil ta’mirladi va barcha nosozliklar ro‘yxatini kuzovga tushirdi

BMW avtomobili egasi uni 2 yil ta’mirladi va barcha nosozliklar ro‘yxatini kuzovga tushirdi

Estoniyalik erkak 2016 yilning sentyabr oyida yettinchi seriyali BMW avtomobilini 123 ming yevroga sotib olgan. Avtosalon erkakka 12 ming kilometr masofani bosib o‘tgan ko‘rgazma namunasini sotgan. Shu kundan boshlab erkakda ko‘ngilsizliklar boshlandi, deb yozmoqda Meduza.

Mashina 18 ming kilometr masofani bosib o‘tgach, haydovchi o‘rindig‘ining ventilyasiyasi ishdan chiqqan.

20 ming kilometrdan keyin avtomobil tomidagi lyuk buzilgan. 23 ming kilometrli marra zabt etilgach, dvigatelni sovutuvchi suyuqlik naychasi ishdan chiqqan.

Ulov 27 ming kilometr masofa yurganidan so‘ng uning egasi termostatni almashtirishga hamda ionizator va armonizatorni ta’mirlashga majbur bo‘lgan.

BMW 30 ming kilometrli ko‘rsatkichga erishganda haydovchi o‘rindig‘ining elektr simlarida nosozlik yuzaga kelgan. 40 ming kilometrli marrada raqamli uskunalar paneli ishdan chiqqan.

Keyin esa holat bundanda yomonlashgan. 45 ming kilometrda dvigatel, 50 ming kilometrda rul halqasi buzilgan. 52 ming kilometr masofadan keyin salonda qandaydir ovoz chiqa boshlagan. 52,7 ming kilometrda barcha sensorlar ishida barqarorlik yo‘qolgan. Mashina 54 ming kilometr masofa bosib o‘tgach, pnevmatik o‘q kompressorida nosozlik kuzatilgan.

Avtomobil egasining aytishicha, xarajatlarning bir qismi kafolat puli hisobidan qoplangan. Bundan tashqari, erkak ikki yil ichida mashinaning navbatdagi nosozligidan keyin 25 marta taksi chaqirishga majbur bo‘lgan. Mashinaning egasi uni qaytarib, pulning bir qismini olmoqchi bo‘lgan, biroq unga 67,5 ming yevro taklif qilingan. Erkak esa hech bo‘lmaganda 85 ming yevro olishni istagan.Shunda erkak ko‘rgan zararini boshqa usulda qoplashga qaror qilgan. U ikki yil ichida avtomobilda yuzaga kelgan barcha muammolarning ro‘yxatini tuzgan va ularni BMW’ning kuzoviga tushirgan. Ro‘yxatning yoniga «Mashinaning narxi — 122700 yevro va bu pullarga siz olishiningiz mumkin bo‘lgan narsalar» hamda «Kapot ostida 450 oy kuchi bo‘lishi kerak, biroq haqiqatda u yerda faqat bitta ot kuchi bor, u ham arang ishlaydi», deb yozgan. Murojaat bevosita BMW kompaniyasiga yo‘naltirilgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!