BMT Zelenskiyning toshqinga sekin javob berish haqidagi ayblovlariga javob qaytardi

BMT Zelenskiyning toshqinga sekin javob berish haqidagi ayblovlariga javob qaytardi

BMT rasmiylari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning tashkilotni Kaxovka GESi vayron qilinganiga o‘z vaqtida javob bermaganlikda ayblagan tanqidiga javob qaytardi.

BMTning gumanitar yordam koordinatori Denis Braun (u Xerson viloyatida joylashgan) Jenevada jurnalistlar savollariga javob berar ekan, BMT yordam agentliklari jabrlangan hududlarga juda tez yetib kelganini aytdi. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, bugun mintaqaga beshta yuk mashinasidan iborat karvon zaruriy buyumlar bilan keladi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina nazorati ostidagi hududda kamida 17 ming kishi jabrlangan va yakuniy ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lishi mumkin.

Tashkilot Rossiya tomonidan bosib olingan hududda tinch aholiga kirish imkoniga ega emas.

Braunning so‘zlariga ko‘ra, toshqin suvlari olib yurgan minalar katta tashvish uyg‘otmoqda. Natijada, butun suv toshqini zonasini minalangan hudud deb hisoblash mumkin.

Yuz minglab odamlar ichimlik suvidan mahrum bo‘lishdi: suv ta’minoti kanalizasiya, pestisidlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ifloslangan.

Payshanba kuni Zelenskiy BMT va Qizil Xoch tashkilotini gidroyelektr stansiyasi vayron bo‘lishi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqiniga o‘z vaqtida javob bermagani uchun tanqid qildi.

"Rossiya Federasiyasi sodir etgan portlash tufayli Ukrainani darhol qo‘llab-quvvatlagan xalqaro tashkilotlarga juda minnatdorchilik bildiraman. Bunday ekologik halokatga olib kelgan portlash. Lekin bugun xalqaro tashkilotlarga minnatdorchilik bildira olmayman", - dedi Zelenskiy.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina vakillari zudlik bilan yordam ko‘rsatish o‘rniga “mandat haqida, buni qilish kerakmi yoki yo‘qmi” degan javob olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!