BMT Bosh kotibi: "Tashkilot nufuziga putur yetkazilmoqda"

BMT Bosh kotibi: "Tashkilot nufuziga putur yetkazilmoqda"

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterrish, BMT Bosh Assambleyasining G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish qarorini bajarmagani uchun tashkilotning ishonchliligi so‘roq ostida qolganini aytdi. Bu haqda Guterrish Qatardagi Doha forumi ochilishida ma’lum qildi.

"BMT va Xavfsizlik Kengashiga bo‘lgan vakolat va ishonch G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rezolyusiyasini amalga oshira olmagani uchun so‘ndi", — dedi BMT Bosh kotibi.

Shu bilan birga, Guterrish taslim bo‘lmasligini va sulh tuzishga chaqirishda davom etishini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, G‘azodagi ikki oylik urush misli ko‘rilmagan ko‘p qurbonlarga olib kelgan va anklavning omon qolgan aholisi gumanitar falokat va kasallik epidemiyasiga duch kelmoqda.

Ayni paytda Isroil G‘azodagi janglar yana bir necha oy davom etishiga ishonadi. Biroq 7 oktyabr kuni o‘g‘irlab ketilgan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!