BMT Bosh kotibi dunyo yetakchilariga chaqiriq yo‘lladi

Dunyo yetakchilari haqiqiy, amaliy qarorlar qabul qilish uchun birlashish vaqti keldi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir loqaydlik yoki qat’iyasizlik qilish vaqti emas:
“Siyosat, diplomatiya va samarali yetakchilik murosaga kelishdir. Jahon yetakchilariga umumiy farovonlik uchun umumiy kelajakni loyihalashda murosaga erishish uchun alohida mas’uliyat yuklanadi. Biz buni keyingi hafta N’yu-Yorkda boshlashimiz kerak."
Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi 19-sentyabr kuni N’yu-York shahrida, BMT qarorgohida o‘z ishini boshlaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)