BMT Bosh Assambleyasi Rossiya tomonidan taklif qilingan “Nasizmni ulug‘lashga qarshi kurash” rezolyusiyasini qabul qildi
BMT Bosh Assambleyasi Rossiya tomonidan taklif qilingan “Nasizmni ulug‘lashga qarshi kurash” rezolyusiyasini qabul qildi,
Rezolyusiya loyihasining hammualliflari: Jazoir, Ozarboyjon, Armaniston, Boliviya, Burkina-Faso, Venesuela, Qozog‘iston, Xitoy, Shimoliy Koreya, Kuba, Qirg‘iziston, Pokiston, Koreya Respublikasi, Serbiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Janubiy Afrika va boshqa davlatlar.
74 banddan iborat hujjatda, xususan, Ikkinchi jahon urushi natijalarini qayta ko‘rib chiqishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish zarurligi haqida so‘z boradi. Rezolyusiya mualliflari, shuningdek, nasistlar rejimi va uning ittifoqchilarining har qanday tantanali bayramlarini taqiqlashga chaqirmoqda.
Rezolyusiyani 116 davlat qo‘llab-quvvatladi, 54 davlat unga qarshi chiqdi, 11 davlat esa betaraf qoldi.
Ozarboyjon, Jazoir, Armaniston, Belarus, Boliviya, Braziliya, Xitoy, Kuba, Serbiya, Suriya va boshqa davlatlar rezolyusiyani yoqlab chiqishdi.
Qarshi ovoz berganlar orasida Kanada, AQSH, Ukraina, Yaponiya, Bolgariya, Vengriya, Gruziya, Moldova, Avstraliya, Avstriya, Bolgariya, Germaniya, Gresiya, Italiya, AQSH, Polsha, Fransiya va boshqa mamlakatlar bor.