Biz bilgan “super kelinchak” — Diana Yagofarovaning taqdiri qanday kechmoqda? (foto)

Biz bilgan “super kelinchak” — Diana Yagofarovaning taqdiri qanday kechmoqda? (foto)

Bundan o‘n yillar muqaddam o‘zbek kinosida o‘zining yodda qolarli rollari bilan ko‘pchilikka tanilgan Diana Yagofarova yana OAVda ko‘rinish berdi.

Uzoq muddat ommaga ko‘rinish bermagan aktrisa jurnallardan biriga o‘zining shaxsiy hayoti to‘g‘risida ma’lum qilgan. Ushbu jurnaldagi suhbat fotolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Diana Yagofarova ayni damda oilali, ikki o‘g‘ilning onasi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Diana ijrosidagi «Tashlandiq» (2008), «Superkelinchak» (208), «Ichkuyov» (2009) hamda «Zirapcha» (2009) filmlari o‘zbek kinochiligida haqiqiy «portlash» bo‘lgan edi.

Manba: hordiq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!