Bishkek aeroporti favqulodda qo‘nishdan so‘ng vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi xalqaro aeroportda Tez Jet aviakompaniyasi samolyoti bilan sodir bo‘lgan favqulodda hodisadan so‘ng aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
«Qirg‘iziston aeroportlari» kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, samolyot uchish vaqtida orqa shassilaridan biri nosozlikka uchragan. Shu sababli havo kemasi chap qanotiga og‘ib qolgan va parvozni boshlashga ulgurmasdan to‘xtatilgan.
Hodisa oqibatida uchish-qo‘nish yo‘lagiga aviasiya kerosini to‘kilgan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, yoqilg‘i tozalanib, samolyot maxsus texnika yordamida olib chiqilmaguncha aeroport samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish imkoniga ega emas.
Samolyot bortida 181 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda evakuasiya vaqtida bir necha kishi yengil tan jarohatlari, ko‘karish va kesilishlar olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, samolyot Bishkekdan O‘sh shahriga parvozni amalga oshirishi kerak edi.
