Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi: Biz silni 2030 yilga borib yengamiz

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi: Biz silni 2030 yilga borib yengamiz

BMT Bosh Assambleyasi doirasida dunyo yetakchilari tomonidan tasdiqlangan Siyosiy deklarasiyaga sil kasalligi epidemiyasiga qarshi kurashning yangi yo‘nalishlari kiritildi, deya xabar bermoqda Kazinform.

Kelgusi besh yilga mo‘ljallangan maqsadlar aholining 90 foizini sil kasalligini oldini olish va davolash xizmatlari bilan qamrab olish, barcha bemorlarga imtiyozlar paketini taqdim etish va kamida bitta yangi vaksinani lisenziyalashdan iborat.

Bosh Assambleya prezidenti Dennis Frensis shunday dedi: “Bugungina ma’qullangan siyosiy deklarasiya butun jamiyat, yaxlit hukumat yondashuvining muhimligini ta’kidlaydi va 2030 yilgacha sil kasalligini tugatish bo‘yicha dalillarga asoslangan takliflarni belgilaydi”.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyyus sil kasalligi 2021 yilda 1 milliondan ortiq odamni o‘ldirganini, ularning aksariyati qashshoq mamlakatlarda ekanligini va bu "tengsizlik kasalligi" ekanligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!