Birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor – Prezident

A A A
Birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor – Prezident

Yig‘ilishda yil yakuniga qadar eksport-import mahsulotlarining birja savdolari hajmini 500 million dollarga olib chiqish vazifasi qo‘yildi.

Joriy yil 1 iyuldan boshlab birja savdolari orqali eksport-import qilishda:

- xorijiy yetkazib beruvchilarga elektron raqamli imzoni majburiy olish tartibi bekor qilinadi;

- xorijiy kompaniyalar uchun oldindan to‘lov va birja xizmatlari to‘lovi bekor qilinadi.

Soha uchun har yili kamida 1 mingta mutaxassis tayyorlab, ularning bandligini ta’minlashi zarurligi ta’kidlandi. Bunda kamida 100 ta nogironligi bor yoshlarni bepul o‘qitib, sohada ishga qabul qilish topshirildi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarning mavzu yuzasidan hisobotlari eshitildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!