Birinchi demokrat senator Bayden g‘alaba qozona olmasligini ochiq aytdi

Birinchi demokrat senator Bayden g‘alaba qozona olmasligini ochiq aytdi

Seshanba kuni Koloradodan birinchi demokrat senator Maykl Bennet AQSh prezidenti Jo Bayden saylovda g‘alaba qozona olmasligini ma’lum qildi. Ammo uni poygani tark etishga chaqirmadi, deb yozadi NBC News.

M.Bennet CNN telekanali orqali gapirar ekan, Kapitoliydagi yopiq uchrashuv chog‘ida o‘z hamkasblariga Jo Bayden sobiq prezident Donald Trampni mag‘lub eta olmasligini aytdi.

“Buni aytganim rost, yopiq eshiklar ortidagi majlisda aytganman. Shuning uchun men bu yerga kelib, buni omma oldida aytishga qaror qildim”, - dedi 2020 yilgi saylov kampaniyasida Jo Baydenga qarshi kurashgan Maykl Bennet.

Kongressmen saylov kunidan to‘rt oy oldin Tramp Baydendan oldinda bo‘lgan so‘rovlardan xavotir bildirdi.

“Donald Tramp, menimcha, bu saylovda g‘alaba qozonish yo‘lida. Bu mamlakatimiz kelajagi haqida axloqiy savol va menimcha, agar biz bu mamlakatni Donald Tramp saylanishi yo‘lida birga olib borsak, nima bo‘lishini aniqlash biz uchun juda muhim”, — dedi Maykl Bennet.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!