Bir qator tovarlar, jumladan, go‘sht, saryog‘ va un importi bo‘yicha bojlar bekor qilindi

Bir qator tovarlar, jumladan, go‘sht, saryog‘ va un importi bo‘yicha bojlar bekor qilindi

Bir qator tovarlar, jumladan, go‘sht, saryog‘ va un importi bo‘yicha bojlar bekor qilindi. Bu O‘zbekistonning 2022 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarorida nazarda tutilgan. Ushbu mahsulotlar uchun stavkalar 5% va 20% orasida edi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 1 mayidan boshlab o‘simlik moyi, kungaboqar urug‘lari hamda zig‘ir va soya importi, shuningdek, o‘simlik moyini ishlab chiqarish va (yoki) sotish aylanmasiga (paxta yog‘idan tashqari) QQS stavkasi nolga tenglashtirilgan edi.

2021 yilning 10 oktyabridan 31 dekabriga qadar bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizasiya qilish bo‘yicha aylanma va ularni mamlakat hududiga olib kirish QQSdan ozod qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!