Biolog COVID-19 tufayli tug‘ilish darajasining pasayishini g‘alati hodisa deb atadi

Biolog COVID-19 tufayli tug‘ilish darajasining pasayishini g‘alati hodisa deb atadi

Jorj Meyson universitetining tizimlar biologiyasi maktabi professori Ancha Baranovaning aytishicha, Qo‘shma Shtatlarda koronavirus pandemiyasi tufayli tug‘ilish pasayishi mumkin.

Bu haqda u o‘zining “YouTube” kanalida e’lon qildi va xulosalari bilan Amerika jurnalida chop etilgan tug‘ilish statistikasi tahlil qilingan maqolaga izoh berdi.

Ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlarda tug‘ilish darajasining pasayishi allaqachon sezilib turganligi Baranova uchun g‘alati tuyulmoqda.

«Oktyabr-noyabr oylarida tug‘ilish koyeffisiyentining o‘tgan yilga nisbatan pasayishini kuzatdik - taxminan o‘ndan o‘n besh foizgacha. Odamlar Xitoydagi yomon ahvolni eshitishi bilan, darhol qaror qilishdi – bo‘ldi, farzand ko‘rmaymiz”, - dedi u.

Biolog ushbu hodisaning mantiqiy izohini topdi.

«Ko‘pgina davlatlar, ehtimolki, bizda ham koronavirus epidemiyasi bo‘lganligi sababli farzand ko‘rish to‘g‘risida unutishgan va bu haqda umuman xabar berishmayapti. Yoki odamlar farzandlarini uylarida dunyoga keltirishmoqda, bola esa bir oy ichida ro‘yxatga olinmoqda. Shu sababli biz shunday muvaffaqiyatsizlikka duch kelmoqdamiz», - deb taklif qildi Baranova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!