Bill Geyts Yaponiya davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Bill Geyts  Yaponiya davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi Tokioda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geytsga birinchi darajali chiqayotgan Quyosh ordenini taqdim etdi.

Fuji TV telekanalining xabar berishicha, Bill Geyts davlat mukofotiga «rivojlanayotgan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga ko‘rsatgan yordami» uchun munosib ko‘rilgan.

Xabarda aytilishicha, Yaponiya tashqi ishlar vazirligi Geyts ushbu orden bilan mukofotlangani haqida 2020 yil aprel oyida e’lon qilgan edi, biroq amerikalik tadbirkor COVID-19 pandemiyasi tufayli mukofotni ololmagan.

Iyul oyida Geyts o‘zining Gates Foundation xayriya jamg‘armasiga 20 milliard dollar o‘tkazayotgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur jamg‘armaga Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda tomonidan 2000 yilda asos solingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!