Bilarmidingiz? Ayollari hukmronlik qiladigan xalqlar

Bilarmidingiz? Ayollari hukmronlik qiladigan xalqlar

Sahroi Kabir cho‘lida o‘zining maxsus madaniyat va urf-odatlariga ega bo‘lgan tuareg xalqlari yashaydi. Ko‘p xalqlar madaniyatida ayollar yuzlarini to‘sib yursa, tuareglarda erkaklar yuzlarini tulki terisi bilan yopib yuradi.

Ular berberlar guruhiga kiruvchi Afrika va arab mamlakatlarida yashaydigan xalqlardir. Tuareglarning an’anaviy kiyimi ko‘k rangda bo‘lganligi sababli, ko‘pincha, ular “ko‘klar” deb nomlanadi, deya xabar berdi “xabardor.uz”.

Matriarxat

Tuareglar Islom dinini qabul qilgan. Biroq ayollar yuzlarini berkitmaydi. Erkaklar faqat bitta xotin olishlari mumkin. Jamiyatda ayollar alohida hurmatga ega. Qizlarga bolaligidan o‘qish va yozishni o‘rgatishadi, o‘g‘il bolalar va erkaklar esa savodsizligicha qoldiriladi. Erkaklarning asosiy vazifasi – jang san’atini mukammal o‘rganishdir.

Erkaklar yuzlarini to‘sib yurishadi.

Tuareg erkaklari yuzlarini yashiradigan yagona xalqdir. O‘g‘il bolalar 18 yoshga to‘lganda, unga tulki terisi sovg‘a sifatida taqdim etiladi. U uzunligi 40 metr bo‘lgan sharf yoki matodan iborat. Ikkinchi zarur sovg‘a esa – qilichdir. Yigitlar sovg‘alarni olgandan keyin, jamiyatdagi erkaklar safiga qo‘shiladilar.

Erkak kishi butun umri davomida tulki terisini kiyib yurishi kerak. Hatto, uxlayotganlarida ham olib tashlash butunlay taqiqlangan. Faqat ovqatlanish paytidagina sharfni iyagiga tushirishlari va qonuniy rafiqasi oldida yuzlarini ochib yurishlari mumkin.

Tarixiy haqiqat

Tuareglar madaniyatida tuaregning yuzini ko‘rish o‘limni anglatadi, degan aqida bor. Shuning uchun ko‘p guvohlar, hatto, o‘limni kutmaslik uchun o‘z joniga qasd qilishadi. Bugungi kunda ko‘pchilik, tuareglar bilan Sahroi Kabirda uchrashish yomon belgi, deb hisoblashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!