Beruniy bozorida ayollar nega bir-birining sochini yuldi?

Beruniy bozorida ayollar nega bir-birining sochini yuldi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Beruniy tumanidagi bozorda ayollar bir necha kishi tomonidan kaltaklangani aks etgan videolavhalar tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Beruniy tumani Bunyodkor MFY, Abay ko‘chasida (Beruniy tumanidagi haftalik bozorning orqa tomoni) doimiy istiqomat qiluvchi fuqaro M.V. ning uyi oldiga noqonuniy ravishda do‘kon qurib olgan fuqaro S.D. bilan 2020 yilning 16–17 dekabr kunlari o‘zaro janjal kelib chiqqan.

Natijada fuqaro M.V. ga tan jarohati yetkazilgan. Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan 2020 yil 30 dekabr kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zamon.uz muxbiri holat yuzasidan rasmiy izoh so‘rab Qoraqalpog‘iston IIB bilan bog‘landi.

Matbuot xizmatining bergan ma’lumotiga ko‘ra voqea, mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari davomida jinoyat ishi 2021 yilning 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” bandiga qayta kvalifikasiya qilinib, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha prosess ishtirokchilari bilan bog‘liq barcha tergov va prosessual harakatlar amalga oshirilmoqda.

Janjalda ishtirok etgan har bir shaxsning harakatlariga qonuniy baho beriladi.

Jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan alohida nazoratga olingan. Jinoyat ishining natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!