Berbok Putin haqida keskin bayonot berdi
![Berbok Putin haqida keskin bayonot berdi Berbok Putin haqida keskin bayonot berdi](/photos/news/K3Uqaahe0dmW1wh.jpeg)
Ukraina mojarosi uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga bosim o‘tkazish kerak, dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok “ZDF” nashriga bergan intervyusida.
– Hozir Putin tinchlik istamayapti, –dedi Berbok. – U urushni to‘xtatmoqchi emas. Binobarin, harbiy harakat ertagayoq to‘xtatilib, tanklar olib chiqib ketilishi mumkin. Biz Ukrainani harbiy maqsadda qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishimiz kerak.
Bundan tashqari, GFR tashqi siyosat mahkamasi rahbari Xitoy, Eron va Shimoliy Koreyaga ham bosim o‘tkazish kerakligini aytgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)