Belorussiyada safarbarlik tayyorgarligi darslari boshlandi

Belorussiyada safarbarlik tayyorgarligi darslari boshlandi

Belarus Mudofaa vazirligi matbuot xizmati respublikada safarbarlik tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlanganini e’lon qildi.

“Mashg‘ulotlardan maqsad hududiy mudofaa qo‘shinlarini shakllantirish bo‘yicha hududiy mudofaa qo‘mondonlik-nazorat organlarining tayyorgarlik darajasini va muvofiqligini oshirishdan iborat”, — deyiladi mudofaa boshqarmasi xabarida.

Aniqlik kiritilishicha, safarbarlik tadbirlari davomida qo‘mondonlik va nazorat organlarining hududiy qo‘shinlarni shakllantirish bo‘yicha harakatlari ishlab chiqiladi.

Mudofaa vazirligining qo‘shimcha qilishicha, barcha ma’muriy hududlarda ijroiya qo‘mitalari, harbiy komissarlik va safarbarlik resurslarini qabul qilish punktlari ma’muriyati mas’ul xodimlari ishtirokida nazariy va amaliy tadbirlar o‘tkaziladi.

Darslarni yakunlash 6 oktyabrga belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!