Belgorod viloyatining Krasnoye qishlog‘i o‘qqa tutildi

Belgorod viloyatining Krasnoye qishlog‘i o‘qqa tutildi

Rossiyaning Belgorod viloyati Shebekino shahri yaqinidagi Krasnoye qishlog‘i o‘qqa tutildi, deb ma’lum qildi gubernator Vyacheslav Gladkov. Qayd etilishicha, qurbonlar yo‘q.

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, snaryad parchalari xususiy turar-joy binosiga jiddiy zarar yetkazgan. Yana ikki portlash natijasida derazalarga urilgan, shuningdek, parchalar devor va panjaralarni shikastlantirgan. Bundan tashqari, portlash elektr tarmog‘iga zarar yetkazgan.

Kecha "Novaya gazeta — Yevropa" nashri Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiyaning chegaradosh hududlari kamida 350 marta o‘qqa tutilgani haqida maqola chop etdi.

Gazetaning yozishicha, Shebekino shahri va qo‘shni aholi punktlari qish boshidan beri kamida 27 marta o‘qqa tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!