Belgiya Mudofaa vaziri Franken Trampni Melonini tinch qo‘yishga chaqirdi
Belgiya Mudofaa vaziri Teo Franken AQSh prezidenti Donald Trampni Italiya Bosh vaziri Jorja Meloniga nisbatan hujumlarini to‘xtatishga chaqirdi va uni «Evropa markazchi-o‘ng kuchlarining qirolichasi» deb atadi, deb yozmoqda Politico nashri.
Frankenning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaga xavfsizlik sohasida hanuz Amerika Qo‘shma Shtatlarining qo‘llab-quvvatlashi zarur, biroq Meloni sha’niga aytilayotgan tanqidlar ruxsat etilgan chegaralardan chiqib ketmoqda.
«Albatta, ittifoqchi sifatida Tramp bizga kerak, ammo Meloniga tegmang. U — Yevropa markazchi-o‘ng kuchlarining qirolichasi. U — alfa. Uni tinch qo‘ying», — dedi vazir.
Nashrning qayd etishicha, ushbu bayonot Tramp Meloni bilan tushgan suratini joylashtirib, go‘yoki unga Melonining yaqinlashishini taqiqlovchi sud qarori kerak bo‘lishi haqida hazil qilganidan keyin yangradi. Bundan oldin AQSh prezidenti Italiya Bosh vaziri undan birgalikda suratga tushishni «yolvorib so‘raganini» iddao qilgan edi, biroq Meloni buni rad etgan.
