Shu yilning 26 iyun kuni SamDU rektori Rustam Xolmurodov Xalqaro press-klub sessiyasida “Tamagirlik qilayotgan o‘qituvchini ishdan bo‘shata olmayman, tizim shunaqa”, deb ochiq aytdi. Bu jamiyatimizda adolatning oqsaganiga misol. Oliy Majlis Senati a’zosi va Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov esa “Oliy ta’limda nafaqat korrupsiyaga yo‘l qo‘yiladi, balki talabalarga korrupsiya o‘rgatiladi”, degan edi.
Bizga komil insonni tarbiyalash topshirilgan. Biroq o‘zimiz firibgar-u muttaham bo‘lsak, biz o‘qitgan o‘quvchilardan nimani kutish mumkin?!
Tumanimizda 58 ta maktab bo‘lsa, direktorlarning muayyan qismi sohasi bo‘yicha jismoniy tarbiya yoki mehnat ta’limi o‘qituvchisi. Oralarida biryo‘la 3 ta diplom olgan direktorlar ham bor. Ajabki, o‘sha diplomni bergan shaxs “notanish”. Fikrim isboti sifatida 2019 yil 7 martda Bekobod tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik U.Jo‘rayev tomonidan imzolangan xatdan aynan parcha keltirsam: “Bekobod tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 12-sonli umumta’lim maktabi direktori Mirzayev Nazir Nabijonovichga Toshkent davlat pedagogika instituti tomonidan berilgan V №127380-sonli “BAKALAVR” diplomining Toshkent davlat pedagogika institutining diplomlarni qayd yetish jurnali ro‘yxatidan o‘tmaganligi yuzasidan Bekobod tumani Adliya bo‘limi tomonidan taqdim yetilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganda, N.N.Mirzayevga taqdim yetilgan mazkur diplom Toshkent davlat pedagogika instituti devonxonasida ishlovchi notanish shaxs tomonidan berilganligi aniqlangan”.
Bir paytlar o‘z lavozimiga, burchiga sodiq kishilarga tumanimizdagi maktablarning ayrimlarida kamida bittadan Toshkent davlat pedagogika instituti (Angren davlat pedagogika instituti)ning qalbaki diplomi borligini isbotlash qiyin bo‘lmagandi.
Yana bir holatga e’tiboringizini qaratmoqchiman. Bekobod tumanidagi 10-maktabning biologiya fani o‘qituvchisi I.G‘aybullayev va shu maktabning tarix fani o‘qituvchisi M.Kenjayeva nomiga berilgan diplomlarning berilishi to‘g‘risida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan berilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqib bildimki, universitet prorektori Dilshod Ergashev imzosi bilan chiqqan hujjatlar qonun-qoidalarga zid. Masalan, I.G‘aybullayev Nizomiy nomidagi TDPUning sirtqi bo‘limida 1989–1994-yillarda o‘qigan deyilsa, diplom ilovasida 1988–1994-yillarda o‘qigani ko‘rsatilgan. Shuningdek, prorektor D.Ergashevning 2018 yil 10 avgustdagi ¹ 02-07-2293/02-sonli ma’lumotnomasida yozilishicha, “I.G‘aybullayevning diplom ilovasi yo‘qolganligi, universitet arxivida ushbu fuqaroning hujjatlar jildida diplom ilovasi mavjud bo‘lmaganligi sababli, unga o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkich ballari belgilangan holda diplom ilovasi dublikati I.A.G‘aybullayev roziligi bilan tayyorlab berilgan”. Shu tariqa 39 ta fandan barchasi “3” qo‘yilgani hech qaysi me’yorga to‘g‘ri kelmaydi. Aslida, diplom ilovasidagi baholar “vedomost”dan ko‘chiriladi. Kamiga, diplomda “Nizomiy” so‘zining ikkita xato bilan yozilishini qanday tushunish mumkin?! Bundan tashqari, ayni shu ma’lumotnoma(№02-07-2293/02-sonli)da o‘quv rejadagi fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirmagan talabalarga diplom berilmaydi deyilgan bo‘lsa-da, mazkur universitet tomonidan 1998-yilda 226004 raqami bilan Mukarram Kenjayevaga berilgan diplom va uning ilovasida 49 ta fandan 23 tasi baholanib, 26 tasi umuman baholanmaganini hamda diplomda talabaning o‘qishga kirgan yili yozilmay, ilovadagi yillar bo‘yab tashlanganini qanday izohlash mumkin?! 1989 yili shu guruh(Mukarram Kenjayeva o‘qigan guruh)ga 17 nafar talaba qabul qilinib, 1994 yili shu guruhni 42 nafar talaba bitirgan. Ularning qay tartibda qabul qilingani to‘g‘risida esa hech qanday ma’lumot yo‘q!
Men mas’ul idoralardan Nizomiy nomidagi TDPU prorektori D.Ergashev tomonidan tasdiqlangan va Bekobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi Birodar Rahimov bilan birgalikda yiqqan hujjatlarimizni o‘rganib, qonun doirasida xulosa chiqarishini so‘rayman.
Abdusalom SATTOROV, Bekobod tumanidagi 10-maktab direktori
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Украина Қуролли кучлари маълумотига кўра, 24 майга ўтар кечаси Россия Украинага 250 та дрон ва 14 та “Искандер-М” баллистик ракетаси билан ҳужум қилган.
Истанбулда ўтказилган Украина ва Россия делегациялари ўртасидаги музокаралар пайтида тўрт тилда таржима ташкил этилди, бу эса томонларга самарали ахборот алмашиш имкониятини яратди.
Ғазо ҳукуматининг Оммавий ахборот воситалари бошқармаси анклавда озиқ-овқат етишмаслиги туфайли ҳомиладор аёлларда 300 та ҳомила тушиши ҳолатини қайд этди.
Қайд этилишича, ҳозирда Россия қўшинлари Беловод ва Локни шаҳарларига босимни давом эттирмоқда, у ерда шиддатли жанглар кетмоқда. Мақсад - "буфер зона" яратиш.
АҚШ Ҳарбий разведка бошқармасининг (DIA) "2025 йилгача глобал таҳдидларни баҳолаш" йиллик ҳисоботига кўра, Москва Украинага қарши урушда ўз мақсадларига эришишни давом эттирмоқда.
Унга биринчи ёрдам кўрсатилиб, вақтинча сақлаш учун вилоят кинология марказига олиб келинган ҳамда алоҳида парваришга олиниб, тиббий кўрикдан ўтказилган.
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.
Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.
Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.
Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.
Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент вилояти бўйича бошқармаси ходимлари томонидан ички ишлар органлари билан ҳамкорликда синтетик гиёҳвандлик воситалари айланмасига чек қўйишга қаратилган тезкор тадбир ўтказилди.
Кёдо агентлиги хабарига кўра, бўш турган лавозимга аҳоли орасида машҳур бўлган ёш сиёсатчи, собиқ бош вазир Жуничиро Коидзумининг ўғли Синдзиро Коидзуми тайинланади.
“Репорт” нинг хабар беришича , ташкилот сайтидаги овоз бериш жараёнининг транслятсиясига кўра, йиғилишда қатнашган 124 нафар иштирокчи давлат келишувни ёқлаб, 0 нафари қарши овоз берган. 11 давлат, жумладан Исроил, Эрон, Италия, Полша, Россия ва Словакия бетараф қолди. Шартномани маъқуллаш учун 83 овознинг кўпчилик овози керак эди.
“Репорт” нинг хабар беришича , армия матбуот хизмати баёнотига кўра, “Темир излар” 401-зирҳли бригадасининг жанговар муҳандислик батальонида хизмат қилган 22 ёшли сержант Ёзеф Еҳуда Хирак ҳалок бўлган.