Behayoni g‘iybat qilsa bo‘ladimi?

Behayoni g‘iybat qilsa bo‘ladimi?

Behayo, ya’ni uyalmasdan har qanday gunohni qilaveradigan, qattiq gapirib tanbeh bergan kishining so‘zidan ham ta’sirlanmaydigan sharmu hayosiz, uyatsiz kishini g‘iybat qilish mumkin.  

Bayt:
Kahtehe g‘iybathe uski han rava,
Gar kare ko‘yi kabair bar mala.

Ma’nosi: Aytadilarki, gunohi kabiralarni bemalol qiladigan kishini g‘iybat qilish ravodir.

Shuning uchun sahobiylar (roziyallohu anhum) Husayn roziyallohu anhuning qotillarini g‘iybat qilar va ularga la’nat aytar edilar. Chunki ular o‘ta darajada behayo bo‘lib, hatto, o‘z ayblarini fazilat deb bilardilar.

Hadis. «Hayo pardasini tashlagan (uyat niqobini yuzidan olgan) kishini g‘iybat qilish durustdir».  *3

Hikoya. Hazrat Husayn roziyallohu anhu shahid bo‘lganlaridan so‘ng iroqlik bir kishi Ibn Umar roziyallohu anhumodan kiyimga tekkan chivin qoni haqida (u kiyimda namoz o‘qisa bo‘ladimi yoki yo‘qmi deb) so‘radi. Ibn Umar roziyallohu anhumo: «Buni ko‘ringlar, chivin qoni haqida so‘rayapti, vaholanki, bular Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘g‘illarini qatl qildilar.

Holbuki, Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: "Hasan va Husayn ikkovlari mening dunyodagi ikki rayhonimdir», deganlarini eshitganman”, dedilar. *1

Iroqliklar bu qabih ishlarini behayolarcha, hech tap tortmay amalga oshirganlari uchun Ibn Umar roziyallohu anhumo ularning hamyurtiga ta’na va malomat ma’nosida bu gapni gapirdilar. Bu hikoya behayo kishini g‘iybat qilish joizligiga ham dalil, ham misoldir.

1 «Sunani Termiziy», 3770 -hadis.
3 Suyutiy, «Jome’i sag‘iyr», 8525-hadis.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!