BBC o‘z xodimlariga "TikTok" ilovasini o‘chirib tashlashni maslahat berdi

BBC o‘z xodimlariga "TikTok" ilovasini o‘chirib tashlashni maslahat berdi

Britaniyaning BBC korporasiyasi o‘z xodimlariga maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun "TikTok" ilovasini ofis telefonlaridan o‘chirish tashlashni maslahat berdi. Bu haqda dushanba kuni korporasiya o‘z xodimlariga 19 mart kuni yuborilgan xabarnomada chop etish orqali ma’lum qildi.

"Ushbu qaror butun dunyo bo‘ylab davlat idoralari tomonidan maxfiylik va xavfsizlik borasida bildirilgan xavotirlarga asoslanadi" - deyiladi xabarda.“Agar sizda BBC kompaniyasi qurilmasi bo‘lsa va ish uchun "TikTok" kerak bo‘lmasa, u holda "TikTok" ilovasi korporativ qurilmalaridan o‘chirib tashlanishi kerak”.

Ushbu ilova bilan shaxsiy telefonlardan biznes maqsadlarida foydalanadigan xodimlarga korporativ axborot xavfsizligi xizmatiga murojaat qilish tavsiya etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!