Ba’zi klublar format o‘zgarishi sababli Angliya kubogi o‘yinlarini boykot qilishga tayyor

Ba’zi klublar format o‘zgarishi sababli Angliya kubogi o‘yinlarini boykot qilishga tayyor

Ayrim quyi divizion klublari turnir formatidagi o‘zgarishlar tufayli Angliya kubogi o‘yinlarini boykot qilishga tayyor.

Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Futbol assosiasiyasi (FA) kelasi mavsumdan boshlab Angliya kubogining asosiy bosqich bosqichidan takroriy o‘yinlar o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Bu chora klub rahbarlarini norozi qildi. Rahbarlar bu o‘zgarishdan g‘azablandi, chunki bu ularni chipta sotishdan qo‘shimcha daromaddan mahrum qiladi.

Qayd etilishicha, Angliya kubogiga boykot e’lon qilingan taqdirda, ushbu klublar Premyer-ligadan qo‘shimcha birdamlik to‘lovlaridan mahrum bo‘lishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!