Ba’zi davlatlarda tarixiy meros yo‘qolib bormoqda,- Sara Noshadi xonim

Ba’zi davlatlarda tarixiy meros yo‘qolib bormoqda,-  Sara Noshadi xonim

YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi xonim O‘zbekiston tomonidan madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni esa alohida e’tirof etdi.

«Insoniyat tarixida madaniy merosning ahamiyati katta. Afsusuki ko‘p hollarda bu merosga e’tibor juda ham kam. Ba’zi davlatlarda tarixiy qo‘lyozmalarni saqlash, o‘rganish yoki me’moriy obidalarni asrash borasida samarali ishlar olib borilmagan, tarixiy meros yo‘qolib bormoqda. Afsuski bu loyihalar yetarli darajada moliyalashtirlimaydi. Bu ishlarga o‘ninchi darajali soha sifatida qarashadi.

O‘zbekiston tomonidan madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni esa alohida e’tirof etish mumkin. WOSCU tomonidan qilinadigan ishlar esa juda qimmatlidir. Men WOSCU o‘z zimmasiga olgan mas’uliyati va o‘zbek madaniy merosiga oid bebaho kitoblarni nashr etish, ko‘rgazmalar o‘tkazish kabi salmoqli ishlarni amalga oshirayotganligini juda yuqori baholayman va qadrlayman. YUNESKO nomidan Butunjahon jamiyatiga chuqur minnatdorchiligimni izhor etaman», deydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!