Bayden: Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha farqlar mavjud

Amerika prezidenti Jo Baydenning aytishicha, AQSh va Xitoy o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik shartlari borasida hali ham kelishmovchiliklar mavjud.
San-Fransiskodagi APEK (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi) sammitidagi nutqi davomida u intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalasida ham kelishmovchiliklar mavjudligini qo‘shimcha qildi.
“Iqtisodiy hamkorlikda teng sharoitlarni ta’minlash va intellektual mulkni himoya qilish borasida Pekin bilan farqlarimiz bor”, — deya Baydenning so‘zlarini keltiradi TASS.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)