Bayden va Zelenskiy Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilishdi

Bayden va Zelenskiy Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilishdi

AQSh yordamsiz Ukrainani tark eta olmaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden Vladimir Zelenskiy bilan Vashingtonda o‘tkazgan qo‘shma anjumanida ma’lum qildi.

«Agar biz uni tark qilmasak, Ukraina bu urushdan kuchli, mag‘rur va G‘arb tizimiga mustahkam o‘rnashgan holda chiqadi. Amerikaliklar Ukraina muvaffaqiyatlarini qo‘llab-quvvatlashda o‘ynagan rolidan faxrlanishi kerak. Biz esa imkon qadar Ukrainani zarur texnika va qurollar bilan ta’minlashda davom etamiz», — dedi u.

Unga ko‘ra, Rossiya AQShning Ukrainaga yordam bera olmasligiga pul tikmoqda. «Shuning uchun biz uning [Rossiya prezidenti Vladimir Putin] noto‘g‘ri ekanligini isbotlashimiz kerak. AQSh Kongressi yordam berishi kerak. Biz bu vaziyatga butun dunyoda qanday qaralayotganini, Rossiya bundan qanday foydalanayotganini tushunishimiz kerak», deb ta’kidladi Oq uy rahbari.

Shu munosabat bilan Bayden AQSh Kongressi Ukraina uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni ma’qullashi kerakligini ta’kidladi.

Vladimir Zelenskiy, o‘z navbatida, Ukraina Qurolli Kuchlari urush boshidan beri Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan hududlarning 50 foizi ustidan nazoratni qaytarib olgani va Qora dengizda ham muvaffaqiyatga erisha olganini ta’kidladi. “Biz osmonda ustunlikka erishmoqchimiz, bu 2024 yilda bizning pozisiyamizni mustahkamlaydi. «Kimki osmonni boshqarsa, u urushning davomiyligini boshqaradi», dedi u.

Ukraina prezidentining aytishicha, demokratlar va respublikachilar uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlariga ishontirishgan. «Bugun men har ikki partiya vakillari bilan ko‘p gaplashdim: demokratlar ham, respublikachilar ham bizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlariga ishontirishdi. Keling, hozir ko‘ramiz. Ammo bundan oldin biz strategik hamkorimiz AQShning qo‘llab-quvvatlashiga doim ishonardik», — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!